Kayıtlar

Toshkentda Captiva piyodani urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi

Resim
Toshkentda Captiva haydovchisi o‘lim bilan yakunlangan YTHni sodir etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIB  xabar berdi . Foto: Toshkent shahar IIBB 27-sentabr kuni soat 18:20 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida joylashgan Uzbek Invest binosi qarshisida haydovchi Captiva rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib piyodani urib yubordi. Natijada jabrlanuvchi erkak yo‘l-transport hodisasi joyida vafot etdi. Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi (transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.

Volkswagen’ning “dizelgeyt” bilan bog‘liq xarajatlari 25 mlrd yevrodan oshdi

Resim
Germaniyaning Volkswagen avtomobilsozlik kompaniyasi III chorakda “dizelgeyt” bilan bog‘liq yana 2,5 milliard yevro chiqim bo‘lganini ma’lum qildi. AQShda sotilgan avtomobillarning dizel dvigatellarini ta’mirlashga ajratilgan bu pullar chorakning moliyaviy ko‘rsatkichlarini yomonlashtiradi,  deb xabar beradi  “Interfaks”. Foto: EPA Shu tariqa, kompaniyaning dizel janjali bilan bog‘liq umumiy xarajatlari 25 milliard yevrodan oshdi, deyiladi xabarnomada.

Qozog‘istondan kiradigan avtomobillar uchun aksiz kamaytirildi

Resim
Qozog‘istonda ishlab chiqarilib, O‘zbekistonga olib kiriladigan yangi transport vositalari uchun (tibbiyot mashinalaridan tashqari) aksiz stavkalari 1-oktabrdan 2 foizga tushiriladi. Bu haqda “Gazeta.ru”  xabar bermoqda . Foto: “Gazeta.uz” Bu Prezidentning 29-sentabr kuni imzolangan qarorida nazarda tutilgan. Unga ko‘ra, mamlakat hududiga olib kiriladigan aksizli mahsulotlar uchun import bojlari va aksiz soliqlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bunga qadar imtiyoz faqat Rossiya va Ukrainadan olib kiriladigan transport vositalari uchun joriy etilgan edi. Oldinroq Qozog‘iston avtomobil sohasi korxonalari ittifoqi “QazAvtoProm” O‘zbekistonga olib kiriladigan avtomobil texnikasi uchun aksiz soliqlarining yuqoriligidan norozilik bildirgan edi.

Kurd jangarilari bilan to‘qnashuvda to‘rt turkiyalik harbiy halok bo‘ldi

Resim
Turkiyaning Ag‘ri viloyatida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari bilan to‘qnashuvda ikki harbiy xizmatchi hamda mahalliy xavfsizlik xizmatining ikki xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda, viloyat hokimi Sulaymon Elbaniga asoslanib, “RIA Novosti”  xabar bermoqda . Foto: AFP Aytilishicha, xavfsizlik xizmatining yana sakkiz xodimi turli darajadagi jarohatlar olgan. Kurd jangarilariga qarshi operatsiya viloyatning Do‘g‘uboyazid tumanida o‘tkazilayotgan edi. Kurd isyonchilari afg‘onistonlik qochqinlarga hujum qilbi, uch muhojirni o‘ldirgani, yetti nafarini yaralaganidan so‘ng operatsiya boshlandi.

OAV: Bryus Uillis “Chaqilmas yong‘oq” filmining oltinchi qismida suratga tushadi

Resim
Bryus Uills “Chaqilmas yong‘oq” (Die Hard, 1988-yil) filmining oltinchi qismida yana bir bor politsiyachi Jon Makkleyn rolini ijro etadi. Bu haqda rejissor Len Uayzman Deadline internet-jurnaliga ma’lum qildi, deb  xabar berdi  “TASS”. Foto: “Filmpro.ru” Yangi “Chaqilmas yong‘oq”ning asosiy jihati undagi voqealar rivoji franshizaning bundan oldingi qismlarida taqdim etilgan voqealardan ham oldin, ham undan keyin sodir bo‘ladi. Rejissorning ta’kidlashicha, u yosh Makkleyn roliga nomzod qidirish ishlarini boshlab yuborgan. Syujetga ko‘ra, u 1970-yillarda Nyu-York politsiyasida xizmat qilayotgan bo‘ladi. Filmning beshinchi — “Chaqilmas yong‘oq: O‘lish uchun ajoyib kun” qismi AQShda 67,4 million dollar, boshqa mamlakatlarda 304,7 million dollar to‘plagan edi.

Foto: Ukrainadagi o‘q-dori ombori yong‘indan so‘ng

Resim
Ukrainaning Kalinovka shahri yaqinida joylashgan o‘q-dori omborida 28-sentabr kuni kuchli yong‘in yuz berdi. Medusa yong‘indan keyingi holat aks etgan suratni  taqdim etdi . Foto: Meduza Mavzuga doir:   Ukrainadagi o‘q-dori omborida yong‘in va portlashlar boshlandi (video) Kalinovka va qo‘shni qishloqlardan taxminan 30 ming kishi evakuatsiya qilingan, ikki kishi jarohat olgan. Mahalliy aholiga tegishli qariyb ikki mingta uy zarar ko‘rgan, ularning ba’zilari qayta tiklab bo‘lmaydigan darajaga kelgan.

Singapurda IShID jangarilari tasvirlangan soxta LEGO o‘yinchoqlari aniqlandi

Resim
Singapurning internet-do‘konlarida IShID jangarilari tasvirlangan soxta LEGO o‘yinchoqlari aniqlanib, musodara etildi. Bu haqda “RIA Novosti”  xabar bermoqda . Foto: AP Photo To‘plamlar 6–12 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan edi. Ular terrorchilar tasvirlangan shakllardan iborat edi. Do‘konlarda bunday o‘yinchoqlar sotilayotganini mahalliy matbuotga o‘quvchilar xabar qildi. Shundan so‘ng ular sotuvdan olib tashlandi.